Huawei 1
Toshkent viloyatida “Dok-1 Maks” siropidan 9 nafar bola zaharlandi. Ularning 4 nafari hozirda kasalxonda davolanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatida (Oʻrtasaroyda) ”Dok-1 Maks“ dori vositasini isteʼmol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi”, degan mazmundagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga “Dok-1 Maks siropi” isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan.  Ulardan 5 nafari  sogʻayib, uyiga qaytarilgan, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha “Dok-1 Maks” preparatidan zaharlanish tufayli oʻlim holati kuzatilmagan.

Maʼlumot oʻrnida, hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari  va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari yigʻishtirib olingan.  

Aholi orasida dori-darmonlarni shifokor koʻrsatmasisiz, palapartish isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari boʻyicha shifokor va patronaj hamshiralari tomonidan uyma-uy yurib, tushuntirish olib borilmoqda. Bu jarayonda xonadonlardagi shaxsiy dori qutilari ham koʻzdan kechirilmoqda.

Avvalroq "Dok-1 Maks" voqeasi ortidan ishdan olingan yetti nafar samarqandlik masʼullar ishga tiklanishi mumkinligi aytilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12907 | Инструменты