Huawei 1
Sog‘liqni saqlash vaziri Quramax'ning barcha dorilari savdosini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi dorixonalarga Quramax distribyutor-kompaniyasi tomonidan olib kirilgan barcha dori vositalarining sotilishini to‘xtatishni buyurdi."Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan „Dok-1 Maks“ hamda „Ambronal“ dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorati o‘tkazish natijalariga ko‘ra, normativ hujjatda ko‘rsatilgan tarkibga nomuvofiqlik aniqlangan. Ularining ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi aniqlandi", — deyiladi ko‘rsatma xatida.

Eslatib o'tamiz, avval ham ya'ni 22-dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi "Dok-1 Maks" sotuvi to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.

29-dekabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu dori vositalarini sotuvchi ulgurji tashkilotlarga Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Ambronol" siropi savdosini to‘xtatib, dorixonalardan qaytarib olishni buyurgan.

30-dekabr kuni agentlik matbuot kotibi O‘zbekistonda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasiga barcha dori-darmonlarni sotish to‘xtatilganini bildirdi. Ular orasida "Sinepar", "Travamax", "Ambronol" va boshqalar bor.

Shuningdek, O‘zbekiston farmatsevtika agentligi Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga "Dok-1 Maks" preparatidagi etilenglikol miqdori me’yordan 300 baravar yuqori ekanligini ma’lum qildi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12721 | Инструменты