Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida Zangiota tumani “Eshonguzar” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.Z. va N.R. fuqaro Sh.B.ga 131 579 dona tibbiyot qo‘lqopi, 145 736 dona shpris va 30 600 dona sistema tibbiyot buyumlarini jami 160 mln so‘mga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122021 | Инструменты