Huawei 1
Toshkent viloyatidagi 5 ta tumanda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun “Sanoat uchburchagi” dasturi tayyorlanadi

Prezident raisligi o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qilishi taʼkidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu 5 ta shahar-tuman bir-biri bilan yonma-yon joylashgan bo‘lib, xom ashyo zaxirasiga juda boy. Bu yerlarda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilindi.

Masalan, Olmaliq kombinatida yiliga 600 ming tonna temir tarkibiga qo‘shimcha komponent – “ogarok” ishlab chiqarilyapti. Ohangaron tumani va shahri, Piskentdagi 3 ta sement zavodi ishlab chiqarishda ushbu komponentdan foydalanayapti. Tumanlar kooperatsiya qilsa, transport xarajati 20-30 foizga, tannarx esa 5-10 foizga kamayishi taʼkidlandi.

O‘tgan yil Angrenda 110 ming tonna quvvatli kaolin zavodi ishga tushgani uchun keramika, chinni, sanfayans chiqarish ham rivojlanayapti. “Sanoat uchburchagi”ga kiruvchi tumanlarda keramogranit, keramik plita va chinni idish chiqarish bo‘yicha yana 120 million dollarlik 7 ta loyihani joylashtirish mumkin.

Piskent tumanida mahallalardagi 500 ta xonadonda chinniga badiiy bezak berishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lsa, Angren shahrida karton zavodi quvvatini 1,5 karra oshirib, keramika buyumlari uchun qadoq yetkazib berishni tashkil qilsa bo‘ladi. Piskentdan o‘tadigan A-373 yo‘li bo‘yidagi 488 gektarda Yangi Piskent sanoat shahri qurilmoqda. Bu yerda ikki yilda 44 ta loyihani ishga tushirish mumkin.

40 million dollar hisobiga rudadagi metallarni bir-biridan ajratish uchun zarur bo‘lgan ksantogenat ishlab chiqarishni 2 karra oshirish orqali Olmaliq kombinatining bunday mahsulotga ehtiyoji to‘liq qoplanadi, 20 million dollarlik eksport bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101522 | Инструменты