Avvalroq, bolalarga zaharli ilon bilan tomosha ko‘rsatganlarga chora ko‘rilishi haqida xabar bergan edik.
Holat Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tezkor ekologik nazorat guruhi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijasida voqea Piskent tumanidagi MTMlaridan birida tumanning Birlik MFYda yashovchi J.X. tomonidan sodir etilganligi, u tomosha uchun 2 ta zaharli kobra ilonidan foydalanganligi ma'lum bo‘ldi.
J.X.ga tegishli ilonlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar esa holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12319 | Инструменты