Huawei 1
Toshkent viloyatidagi maktabda 9-sinf o‘quvchisi bir nechta o‘quvchilar tomonidan ayovsiz kaltaklangani aytildi

Joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani 50-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi S.A. o‘zi bilan parallel sinfda o‘qiydigan 5-6 nafar boshqa sinfdagi o‘quvchilar tomonidan ayovsiz kaltaklangani va buning natijasida burun sohasida sinish holatlari kuzatilgani aytildi.

Ushbu zo‘ravonlik bo‘yicha jabrlanuvchi o‘quvchining o‘zi holatni quyidagicha bayon etdi.

"Jismoniy tarbiya darsida sport zalda o‘zim bilan birga bir maktabda o‘qiydigan 9-sinf bollariga qarshi voleybol o‘ynayotgan edik. Biz ko‘p yutganimizni ular ko‘rolmadi va o‘yin vaqtida menga nisbatan biroz keskin o‘ynashdi.

Shundan so‘ng men ularga to‘g‘ri o‘ynaylik deganimda musht kelib tushdi va ko‘pchilik urib tashlashdi. U yerda men tanigan bollar bor edi. Tashqariga chiqib yuzimni yuvmoqchi bo‘lganimda ham kelib yana urishdi. Ular ko‘pchilik bo‘lishgani uchun men hech narsa qilolmadim", - dedi jabrlanuvchi.

Bizga kelgan maʼlumotga ko‘ra, ayni vaqtda tuman IIO tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112222 | Инструменты