Huawei 1
Dunyodagi eng katta oltin zahiralariga ega 10 ta davlat nomi e'lon qilindi

Dunyo bo'ylab markaziy banklar ketma-ket uchinchi yil zaxiralarni to'ldirish uchun 1000 tonnadan ortiq oltin sotib oldi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari qimmatbaho metallarni sof xarid qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Eng yirik oltin zahiralariga ega mamlakatlar roʻyxatida yetakchi oʻrinni oltin zahiralari 8133,46 tonnani tashkil etgan Qoʻshma Shtatlar egallaydi. Ikkinchi o‘rinda Germaniya (3351,53) joylashgan. Keyingi o'rinlarda taxminan bir xil zaxiraga ega to'rtta mamlakat: Italiya (2451,84), Fransiya (2437), Rossiya (2335,9) va Xitoy (2279,56). Birinchi o‘ntalikka Shveysariya, Hindiston, Yaponiya va Niderlandiya ham kirdi.

Mutaxassislarning fikricha, 2025-yilda jahon markaziy banklarining oltinga ishtahasi davom etadi va xaridlar hajmi 900 tonnaga yetishi mumkin. WGS tadqiqotida aytilishicha, oltinga bo'lgan kuchli talab, ayniqsa, ortib borayotgan geosiyosiy xatarlar fonida rasmiy zaxiralardagi qimmatbaho metalning strategik ahamiyatini ko'rsatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31716 | Инструменты