Xitoyning Pekin shahrida short-trek boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Daniil Yeybog yuqori natija koʻrsatdi.
Yeybog 500 metr masofaga kechgan bahsda B finali ishtirokchilari orasidan oʻrin oldi. Yakunda u sakkizinchi natijani koʻrsatib, ushbu masofadagi dunyoning eng kuchli 10 sportchisi qatorida qayd etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31719 | Инструменты