Huawei 1
Farrux Haydarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi

Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar vaziri ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi

Tadbirda viloyat hokimi, xalq deputatlari Kengashining aʼzolari, hamkor tashkilotlarning masʼul xodimlari, shahar-tuman jamoatchilik faollari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rahbarlari qatnashdilar.

Sessiya kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala koʻrildi. Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistratura bosqichi tinglovchisi podpolkovnik Farrux Haydarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Majlisda, prezidentning joriy yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorining ijrosi hamda sohaga oid topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqib, kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish maqsadida har bir tuman-shahar IIB boshliqlari tomonidan mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududlarga aylantirish, aholini rozi qilish, ularning murojaatlarini yechimiga eʼtibor qaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Sessiyada koʻtarilgan masalalar boʻyicha soha mutaxassislari tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31717 | Инструменты