Toshkentda 3 kishini chet elga ishga yuborishini aytib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.U. fuqaro D.N. va boshqalarning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroni tanishlari yordamida Buyuk Britaniyaga ishga yuborishi va viza olib berishi evaziga 12 000 AQSH dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111918 | Инструменты