Avvalroq, Toshkentda 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zo‘rlagani haqida xabar bergan edik.
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Joriy yilning 2-oktyabr kuni Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro shahar IIBga murojaat qilib, unda voyaga yetmagan 2020-yilda tug‘ilgan I.M. (qiz) ga nisbatan noma’lum shaxs g‘ayritabiiy usulda zo‘rlik ishlatganligi haqida ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan JKning 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan ayb e’lon qilinib, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro B.D. protsessual tartibda ushlangan.
Aniqlanishicha, ayblanuvchi shaxs B.D. 2021-yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turadi.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты