Toshkent shahar Yangi hayot tumani, Xushnud mahallasi Visol ko‘chasidagi ariqqa 30 dan ortiq o‘lik mushuklarning jasadlari hamda shilib olingan terilari tashlangani aniqlandi. Voqea haqida batafsil shu mahalla fuqarosi ma’lumot berdi.
Vaziyatga guvoh bo’lgan shaxsning aytishicha, ariq nazoratsiz qolib ketgani bois istalgan odam chiqindi tashlab ketadigan bo’lgan. Mahalla va boshqa tegishli tashkilotlarning ariq chiqindixona bo‘lib borayotganligi bilan ishi yo‘q.
“Bugun u yerdan o‘tar ekanman, holatni ko‘rib qo‘rqib ketdim. Ariqning hozirgi ahvoli sanitariya va ekologiya talablariga javob bermaydi. Bizga noma’lum bo‘lgan shaxslar tomonidan 30 dan ortiq mushuklarning jasadlari, shilib olingan terilari, hamda yelim xaltalarga solingan ichak chavoqlari tashlab ketilgan”,-deya xabar bermoqda u.
Bundan sal oldin Nukusda 100 dan ortiq o‘ldirib tashlab ketilgan itlarning jasadlari topilgani haqida ham xabar bergandik.
Ekologiya qo’mitasi faollari ushbu vaziyatni keltirib chiqarganlar aniqlanib, jazosiz qolmasliklarini so’rashmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10813 | Инструменты