Toshkentda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlangan avtobus haydovchisi jarimaga tortildi

Toshkent shahrida qoidani buzgan avtobus haydovchisiga chora koʼrildi, deya xabar qilmoqda shahar IIBB Yo'l harakati xavsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, bugun, 16-mart kuni "MAN" rusumli avtobus haydovchisi, Olmazor tumanining Talabalar ko'chasi bo'ylab yo'lovchilarning hayotini xavf ostiga qo'yib, qarama-qarshi  harakatlangan.

Holat yuzasidan ushbu avtobus haydovchisi Q.Y.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTK.ning 128⁵ -moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bayonnomaga ko'ra, haydovchi 3 mln so'm jarimaga tortiladi.

Avvalroq, Toshkentda qoidalarni qo'pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlangan "Lacetti" haydovchisiga chora ko'rilgani haqida xabar qilgan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102102 | Инструменты