Huawei 1
Toshkentda “dom”dagi chaqnashda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko'rsatilmoqda

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Poytaxt hokimligi holat bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilganini ma’lum qildi

Aytilishicha, hodisa sodir bo‘lgan ko‘p qavatli uyda qo‘shni xonadonlar ham zarar ko‘rgani aniqlandi. 

Hozirda shahar va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari tomonidan ularning xavfsizligi va qulay sharoitlarini ta’minlash maqsadida oila a’zolari bilan birga mehmonxonaga vaqtincha joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ular issiq ovqat bilan ta’minlandi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan zararni baholash va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30301 | Инструменты