Huawei 1
Toshkentda fuqarolarning 6,1 mlrd so‘mini o‘zlashtirib yuborgan avtosalon egalari qamaldi

Toshkent shahrida fuqarolardan katta miqdordagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan olgan avtosalon egalariga sud hukmi o‘qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum bo‘lishicha, 3 nafar shaxs poytaxtning Alisher Navoiy ko‘chasida My sars nomi bilan avtosalon ochgan. 2022-yil 16-yanvaridan 2023-yil 2-avgustiga qadar fuqarolarga avtomashinalarini 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berishlarini aytgan.

Xaridorlarni qabul qilishda esa ular go‘yoki GM Uzbekistan bilan shartnoma tuzganliklarini aytgan. Shu tariqa jami 74 nafar fuqaroning 40 mln so‘mdan to 200 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi jami — 6 mlrd 155 mln so‘mlik mablag‘ini qo‘lga kiritgan, deyiladi xabarda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi Jinoyat kodeksi 168-moddasining (Firibgarlik) tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8−9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты