Huawei 1
Toshkent viloyatida 7kg dan ziyod bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi

Yangiyo‘l shahar tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm bo‘lgan qiz bola chaqaloq dunyoga keldi.

Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning to‘rtinchi farzandidir.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, , hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, bunday holat o‘tgan yilning noyabr oyida ham Nurafshonda kuzatilgan bo‘lib, sal kam 7 kg.lik vazndagi o‘g‘il bola chaqaloq tug‘ilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30200 | Инструменты