Huawei 1
Toshkentda daraxt va ikki mashinaga urilgan avtobus haydovchisi voqea haqida aytib berdi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus texnik nosozlik sabab daraxtga urilgani haqida xabar berilgan edi. Haydovchi voqea haqida gapirib berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha payt svetaforning qizil chirog‘i yongan bo‘lgan. Lekin u texnik nosozlik sabab avtobusni to‘xtata olmagan. Shu payt transport ichida o‘nlab yo‘lovchilar bo‘lgan.

Ikki yildan beri avtobus haydayman. Tezlik 35 atrofida edi. Dastlab yengil mashinaga, keyin daraxtga urildim. Yo‘lovchilarni tezlikda qutqarganman. “Polik”ka yotinglar, deganman, deydi haydovchi.

Yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Hodisa joyiga tez yordam mashinalari kelib, ularga tez tibbiy yordam ham ko‘rsatilgan. Og‘ir jarohatlanganlar bo‘lmagan. Maʼlumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohat olgan.

Hozirda hodisaning barcha holatlarini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30200 | Инструменты