Huawei 1
Ramazon oyi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga bir qator davlat yetakchilaridan qutlovlar kelmoqda

Ma’naviy poklanish va ezgu amallarga intilish, jamiyatda xayru-saxovat, bag‘rikenglik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishni o‘zida mujassam etgan, butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida Shavkat Mirziyoyev va mamlakatning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
  • Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
  • Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
  • Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
  • Kuvayt Davlati Valiahdi Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh;
  • Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
  • O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
  • Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
  • Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
  • Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30200 | Инструменты