Huawei 1
Noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga to‘lanmagan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi

O‘zbekistonda amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga rioya etmasdan bo‘shatilgan va o‘z ish joyini yo‘qotgan 68 nafar fuqaro ishga tiklandi hamda ularga to‘lanmay qolgan 40 milliard so‘mlik ish haqlari undirildi.

MIB rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2025 yilning o‘tgan davrida jami 3,6 trillion so‘mlik undiruvlar amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 460 milliard so‘mga oshganini ko‘rsatmoqda.

MIBning hududiy boshqarmalarida axborot texnologiyalari yordami bilan muqobil ravishda va masofaviy ishlayotgan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmasdan hamda fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmasdan 95,5 milliard so‘mlik (238,4 mingta) hujjatlarning ijrosi ta’minlandi.

Hozirda byuro organlari tomonidan ijro etish jarayonini yanada raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilgani va qo‘llangan cheklovlar to‘g‘risida qarzdorlarni ogohlantirish tizimi takomillashtirilib, 9,9 milliontadan ortiq SMS-xabarnomalar jo‘natildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30200 | Инструменты