22 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Lacetti avtomobili daraxtga borib urildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, soat 23:45 larda Yunusobod tumani Amir Temur-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotganligi sababli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Shifokorlar tomonidan haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32510 | Инструменты