Huawei 1
Toshkentda pulli “parkovka” uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi

16 oktyabr kuni Toshkent shahri hokimi «Toshkent shahrida transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan, Toshkent shahrida transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylarini tashkil etish tartibi va transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi. To‘lovlar tarif zonalariga ko‘ra bir soat uchun 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilandi.

паркинг, пулли тўхташ жойлари, тошкент

Bunda Toshkent shahrida transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori bo‘lmasligi kerak.

«Toshkent Invest kompaniyasi» 2025 yil 1-yavarga qadar Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan «Pulli to‘xtab turish joylari» yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini foydalanishga topshirishi va unga tashkil etiladigan transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylari uskunalarini ulashga tayyorligini taʼminlashi kerak.

Parkingda, shu jumladan, savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport va madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yonidan kamida 5 foiz joy (lekin bir dona joydan kam bo‘lmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalarini bepul joylashtirish uchun ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101810 | Инструменты