Huawei 1
Toshkentda sifatni tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 199 mln so‘mlik dorini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent shahrida dori vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumanida fuqaro N.K. va boshqalar tegishli sifatni tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 199 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 10 ming quti “Levomer 500 mg” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 13 ming dollarga sotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111518 | Инструменты