Toshkentda sifatsiz tovuq go‘shtini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tuman soliq inspeksiyasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovuq go‘shtini muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Fuqarolar Sh.K., J.M., J.A. va boshqalar tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Xamdost” MFY hududidagi binoda tovuq go‘shtini qayta ishlash sexini tashkil etib, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 4 674 kg. tovuq go‘shtini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты