Toshkent shahar Yangihayot tumanida sobiq “Toshissiqquvvat” DUK hozirda “Veolia Energy Tashkent” XK MCHJ tuman boshqarmasi texnik inspektori B.J. fuqaro F.ning xonadonida issiq suv iste’moli uchun mavjud bo‘lgan 6,2 mln so‘m qarzdorlikni yo‘q qilib berish haqida elektron ma’lumot tayyorlab berish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61717 | Инструменты