Huawei 1
Toshkentda vagon ustiga chiqqan erkakni kuchli tok urdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi vagon ustiga chiqqan erkak kuchli tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2-sentyabr kuni soat 20:25 larda bir nafar fuqaroni kuchli tok urgani haqida xabar kelib tushgan. Fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilib, 16-shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar bemorning 80 foiz tanasi kuyganini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum bekorchilikdan poyezd ustiga chiqqan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91802 | Инструменты