Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz videosi tarqaldi. Ushbu video jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab bo‘ldi. Yashnobod tumanida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan R.N. tanishlari bilan Yakkasaroy tumanida joylashgan “Seoul Mun” dam olish maskaniga borib, viloyatliklarni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, hamma o‘z viloyatiga qaytib ketishini va Toshkentga kelmasligini aytgan. So‘ngra u videoni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilgan.
To‘plangan hujjatlar Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, MJtKning 183-moddasiga asosan, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21121 | Инструменты