Huawei 1
Toshkentda yo’l harakati qoidasini qo’pol buzgan avtobus haydovchisi ishdan olindi

Kuni kecha “King Long” rusumli avtobusning yo'l harakati qoidalarini qo'pol ravishda buzib xavfli holatni keltirib chiqarganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ rasmiy munosabat bildirdi.

Ushbu holat "Toshshahartransxizmat" AJ, Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati va mas'ul xodimlar ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, o'z xizmat vazifasini suiste'mol qilib qo'pol qoidabuzarlik sodir etganligi, shahar ko'chalarida qarama-qarshi harakatlanib xavfli monyovrlarni amalga oshirganli va  avariya holatini keltirib chiqarganligi  uchun ushbu haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

"Eslatib o'tamiz, qo'pol qoidabuzarlik sodir etgani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan haydovchilarning elektron bazasi, ya'ni, "Qora ro'yxat"i joriy etilgan bo'lib, unga ko'ra ushbu haydovchilar avtobus saroyi filiallariga qayta ishga olinmasliklari qat'iy belgilangan. Shu kunga qadar ushbu ro'yxatga kiritilgan haydovchilar soni 197 nafarni tashkil etmoqda.

Yuqoridagi qoidabuzarlik sababli ishdan bo’shatilgan 58-sonli avtobus haydovchisi F.S ham ushbu qora  ro'yxatga kiritilganligini ma'lum qilamiz", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, qoidabuzarlik chog’ida nafaqat o’zining balki boshqa yo’l harakati ishtirokchilarining ham hayotini xavf ostiga qo’yganligi sababli, haydovchi F.Sni haydovchilik guvohnomasidan maxrum qilish yuzasidan Jinoyat ishlari sudiga maxsus taqdimnoma kiritildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91623 | Инструменты