Huawei 1
Toshkentdagi avtobus haydovchilari endi do‘ppi kiyadi

O‘zbekiston poytaxtida jamoat transporti haydovchilari shahar hokimiyatining milliy kiyim kiyish borasidagi yangi tashabbusiga amal qila boshladi. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi har juma kuni o‘tkaziladigan “Milliy kiyim kuni” joriy etilishini eʼlon qildi. 

Shahar aholisi va mehmonlari o‘rtasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan ushbu tashabbusda davlat tashkilotlari xodimlari juma kunlari milliy liboslarda yurishadi. 

“Toshshahartransxizmat” farmoyishi ijrosiga alohida eʼtibor bilan yondashdi. Jumladan, 67 va 91-sonli yo‘nalishdagi avtobus haydovchilari milliy bosh kiyimlar – do‘ppilarda ish boshladi. Tashabbusga avtobus haydovchisi ayollar ham qo‘shilib, milliy liboslar elementlarini tanlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov endilikda vazirlik xodimlari ishga o‘zbek milliy bosh kiyimi do‘ppida borishini ma’lum qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13121 | Инструменты