Huawei 1
Surxondaryoda noqonuniy ov qilganlarga 50 mln so’mdan ortiq jarima qo’llandi

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan reyd tadbirlari o’tkazildi.

Tezkor tadbirlar davomida viloyat hududida noqonuniy ov qilib yurganlar aniqlandi. Xususan, Muzrabot tumani “Ipak yo‘li” mahallasida yashovchi fuqaro X.R., Sho‘rchi tumani A.Safarov SIUda yashovchi fuqaro Sh.R., “Oxunboboyev” SIUda yashovchi fuqaro B.O., “Alpomish” mahallasi fuqarosi  A.B., “Bunyodkor” mahallasida yashovchi fuqaro R.X., fuqaro Ch.A. va M.A. ov qilish ruxsatnomasisiz ov qilish talablariga rioya qilmagan holda o‘ziga tegishli bo‘lgan ov qurollari bilan ov  Muzrabot tuman “Ipak yo‘li” mahallasidagi “Sholipoya” massivida, ya’ni chegara zonasida ov qilib yurganligi ma’lum bo’ldi.

Fuqarolar ushbu  harakati bilan O‘zbekiston Respublikasi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-23-27-moddalari va  “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 32-33-moddalari talablarini qo’pol ravishda buzishgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarning har biriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 90-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 20 barobari — 7 million 500 ming so‘mdan,  jami 52 million 500 ming so‘m  ma’muriy jarima chorasi qo‘llanildi.

Viloyat bo’ylab hamkorlikdagi tezkor reyd tadbirlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20101 | Инструменты