Farg‘ona viloyatida alimentdan 30 million so‘m qarzi bor ota parda ortidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, byuroning Quvasoy shahar bo‘limi davlat ijrochilari, IIB xodimlari va MFY vakillari bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda qarzdorning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u xonasidagi parda ortidan topilgan. Ota uzoq vaqt aliment majburiyatlarini bajarmagan. Xususan, u 30 million so‘m miqdoridagi qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlagan va shu sababli unga nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Bildirilishicha, sud qaroriga asosan qarzdor Sh.B. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20101 | Инструменты