Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Istanbul-Farg‘ona” yo‘nalishida Farg‘ona shahriga uchib kelgan fuqaro olib kirish meʼyoridan ortiqcha va bojxona nazoratidan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tovarlari mavjud emasligini maʼlum qilgan holda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyani to‘ldirmasdan “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan.
Ushbu fuqaro harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otganligi sababli to‘xtatilib o‘zi va unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkalari belgilangan tartibda bojxona nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, fuqaro qo‘l sumkasida, o‘zida taqilgan va tana aʼzolariga yashirilgan umumiy qiymati 483 mln so‘mlik og‘irligi 620 gr.ga teng bo‘lgan 5 turdagi 105 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tayotganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmasdan respublikaga olib kirishga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlar uchun meʼyor 65 gr. etib belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13123 | Инструменты