Huawei 1
Toshkentdagi bir qator masjidlarga yangi imom-xatiblar tayinlandi

Ramazon yaqinlashgani sayin poytaxtdagi masjidlarda muborak oyga puxta tayyorgarlik ko'rish bilan birga, vakant masjidlarga yangi imom-xatiblar ham tayinlanmoqda.

Shu paytgacha Olmazor tumanidagi "Hazrati Imom" masjidida imom noibi bo'lib ishlab kelayotgan Abror domla Sayfuddinov "Oqqo'rg'on" masjidida imom etib tayinlandi.

Olmazor tumani "To'lqin Akrom o'g'li" masjidida imom noibi bo'lib ishlab kelayotgan Mirzaniyoz domla Homidzoda "Abu Bakr Qaffol SHoshiy" masjidiga imom bo'ldi.

Shu paytgacha "Shayx Zayniddin" jome masjidi imom noibi bo'lib ishlab kelayotgan Dovudxon Ubaydullaev "Said Vaqqos ota" masjidiga imom etib tayinlangandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91716 | Инструменты