Huawei 1
Toshkentdagi koʻp qavatli uyni sifatsiz qurgan kompaniya rahbari va mutasaddilarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani maʼlum boʻldi

Toshkentda koʻp qavatli uy ichidan darz ketgani haqida xabar bergan edik.

Qurilish vazirligining so'nggi bergan xabariga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani Mag‘rur ko‘chasi 55B-uy manzilida joylashgan ushbu uy, xususiy uy joy sifatida “QUYUN” MCHJ rahbari A.b.Zokirov va boshqalar tomonidan qurgan va fuqarolarga bo‘lib - bo‘lib sotilgan.

Maʼlumot o‘rnida 2022-yil fevral oyida Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tomonidan “QUYUN” MCHJ rahbari A.b.Zokirov va boshqalarga nisbatan JKning 186-moddasi 4-qismi “a”,«b» bandlari, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 229-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, A.Zakirov akasi R.Zakirov bilan Mag‘rur ko‘chasi, 55B-uy va boshqa manzillarda shaharsozlik normalari va qoidalarini jiddiy ravishda buzgan holda 3 qavatdan iborat bo‘lgan sifatsiz uylarni qurib, aldov yo‘li bilan fuqarolarga sotgan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha sud hukmi bilan A.Zakirovga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Akasi R.Zakirov tergovdan yashiringanligi sababli unga qidiruv eʼlon qilingan.

"Fuqarolarga to‘lanadigan kompensatsiya masalasi Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilayotganini maʼlum qilamiz", - deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111421 | Инструменты