Huawei 1
Toshkentdagi “Oltin markazi” oldida bezorilik sodir etganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 23-avgust kuni Chilonzor tumanidagi “Oltin markazi” oldida 1984-yilda tug‘ilgan A.Sh. Malibu rusumli avtomashinada avtoturargohga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq avtoturargoh nazorati xodimlari avtoturargohda joy yo‘qligini maʼlum qilishgan va avtomashinada kelgan fuqarolar hamda nazorat bo‘limi xodimlari o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan.

Shundan so‘ng A.Sh. o‘zining tanishlari 1986-yilda tug‘ilgan S.Sh., 1982-yilda tug‘ilgan R.N., 1979-yilda tug‘ilgan M.Sh., 1989-yilda tug‘ilgan S.M.larni chaqirgan va ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan avtoturargoh oldida janjal ko‘tarishgan. 

“Oltin markazi” da qorovul bo‘lib ishlovchi 1986-yilda tug‘ilgan G‘.I. va 1981-yilda tug‘ilgan A.K.larni urgan vaqtida, markaz nazorat bo‘limi xodimi 1995-yilda tug‘ilgan J.I. ularning bezorilik harakatiga chek qo‘yish maqsadida ajratmoqchi bo‘lgan. Natijada ushbu shaxslar o‘z fuqarolik burchini bajarayotgan J.I. ni urib tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91805 | Инструменты