Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi bir oy muddatga barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar (gastronomik) ko‘chani tashkil etish bo‘yicha ishlarning ikkinchi qismi jadal davom etmoqda.
Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 27-noyabrdan Taras Shevchenko ko‘chasining (94-umumta’lim maktabidan) Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 2024-yilning 25-dekabr sanasiga barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi.
Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112522 | Инструменты