Huawei 1
Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

Prezidentning 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga muvofiq shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender tanlovlari 2024-yilning 1-may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

YT – 1150-sonli Toshkent sh. – Namangan sh. ikki tomondan
YT – 1151-sonli Toshkent sh. – Farg‘ona sh. ikki tomondan
YT – 1153-sonli Toshkent sh. – Andijon sh. ikki tomondan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты