Huawei 1
Toshkentga yangi 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi

Bugun, 4-fevral kuni Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan.

"Metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yana-da qisqartishga erishish maqsad qilingan",- deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, 2024-yilning dekabr oyi oxirida Toshkent metropoliteniga 3 ta yangi harakat tarkiblari (12 ta metro vagoni) metro vagon parkiga olib kelingandi. 2025-yil yanvar oyi boshida esa yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20419 | Инструменты