Huawei 1
Toshkentning yana bir manzilida daraxt ildiziga shikast yekazildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumani Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan manzilda bir tup daraxtning tag qismi ochilib, uning ildiz qismiga zarar yetkazilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga Ekologiya qo'mitasi rasmiy munosabat berdi.

Xabarga ko'ra, Toshkent shahrining Olmazor tumani Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan manzilda bir tup daraxtning tag qismi ochilib, uning ildiz qismiga zarar yetkazilganligi holati o‘z tasdig‘ini topgan. Shu yerda faoliyat olib borayotgan “Chorvoq Bizness 700” MCHJ xodimi tomonidan daraxtga zarar yetkazilgani aniqlandi. 

Holat yuzasidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Hozirda daraxt ildizlarini agotexnik tadbirlar asosida parvarishlash va tuproq bilan ko‘mish ishlari olib borilayapti. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda daraxtlarning tagi betonlab ketilgani, Toshkent shahar Shota Rustaveli ko'chasidagi daraxtlarning ildiziga yo'l kengaytirilishi sabab zarar yetkazilganligi aniqlangani, Chilonzor ko'chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 101 tup daraxtlarning ildiziga zarar yetkazilgani va buning oqibatida Chilonzor tumani hokimi va prokurori lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50309 | Инструменты