Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Xususan, "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi D.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B.lar o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgan.
Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan "Toshshahartransxizmat" AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91822 | Инструменты