Huawei 1
Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi

“Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-269-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025/2026 o'quv yilidan Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

2025 yil 1 martgacha “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi professional ta'lim muassasalariga xalqaro darajada tan olingan ta'lim dasturlarini “franshiza” asosida joriy etish choralari ko'riladi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

— 2024/2025 o'quv yiligacha turizm va mehmonxona xo'jaligi sohalari bo'yicha oliy ta'lim dasturlarini jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli OTMlarning ta'lim dasturlari asosida qayta ko'rib chiqadi;

— turizm va mehmonxona xo'jaligi sohalariga oid oliy ta'lim yo'nalishlarining dual ta'lim shakli bo'yicha Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg'unlashgan yangi malaka talablari hamda ta'lim dasturlarini ishlab chiqadi;

— belgilangan OTMlar huzurida shartnoma asosida arab, yapon, xitoy, hind, ispan, italyan, koreys, urdu, indonez va malay tillarida xizmat ko'rsatuvchi gid-tarjimonlarni tayyorlash bo'yicha qo'shimcha kurslarni tashkil etadi.

Restavratorlarni qayta o'qitish va malakasini oshirish markazi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20515 | Инструменты