Huawei 1
Turkiyaga kirib-chiqishda xorijliklarga nisbatan tekshiruvlar kuchaytirildi

Bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qatʼiy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi.

Qayd etilishicha, Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilgani kuzatilmoqda.

O‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan shaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda.

Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi” sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda.

Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 54  nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib kirishiga taqiq qo‘yilganlarni tashkil etgan. Shuningdek, ayrim fuqarolardan Istanbul aeroportida politsiya xodimlarining qo‘pol muomalasi haqida shikoyatlar kelib tushgan.

"Bu borada fuqarolarimizning barcha shikoyat va eʼtirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga yetkazildi va xozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.O‘z o‘rnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib ularga to‘liq rioya etishlarini so‘rab, oldin qonunbuzarlik sodir etib deport qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kirish taqiq bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda kelishlari tavsiya qilinadi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты