Huawei 1
Tuxum iste’moli yurak xastaligidan himoya qiladi(mi?)

Yangi olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, taom tarkibida ma’lum miqdorda tuxum bo‘lishi yurak-qon tomirlari xastaliklarining oldini olishi mumkin. Bu haqda Nutrients jurnalida e’lon qilingan ilmiy maqorlada so'z borgan.

Yurak-qon tomirlari xastaliklariga yurak yoki qon tomirlariga zarar keltiruvchi har qanday holat, jumladan, ishemik, infark va insult kabi xastaliklar kiradi. Mazkur xastalikni tanada xolesterin miqdori o‘ta yuqoriligi tasdiqlaydi. Bu degani, yurakning sog‘lomligi uchun xolesterinni nazorat qilish, uning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bu borada tuxum iste’moli foydali hisoblanadi.

Xabarga ko'ra, olimlar Gretsiyada o‘n yillik davr ichida 3 ming 42 nafar ayol va erkakdagi ma’lumotlarni tahlil qilgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, haftasida bittadan uchtagacha tuxum iste’mol qilish yurakning kasalliklarga chalinishini kamaytira oladi.

"Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shuncha tuxum iste’mol qilganlarning yurak-qon tomirlari xastaligiga chalinish ehtimoli 60 foizga past  bo‘lgan", - deyiladi maqolada.

Tadqiqot mualliflarining aytishicha, sog‘lom ovqatlanishda shubhasiz, eng foydali tuxum hisoblanadi.

"Yog‘li ovqatlarni iste’mol qilmaydigan va tana og‘irligida muammosi bo‘lmagan  odamlar xohlasa haftasida yetti dona tuxum yesa ham bo‘ladi", deb hisoblamoqda tadqiqotchilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11220 | Инструменты