Huawei 1
Ulug‘bek Rozuqulov "O‘zavtosanoat" kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi

Ulug‘bek Ubaydullayevich Rozuqulov "O‘zavtosanoat" kompaniyasi boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u 2018-yildan O‘zbekistonning Indoneziyadagi, 2019-yilning oktabr oyidan esa Vyetnamdagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Bundan tashqari, 2017—2018 yillarda Ulug‘bek Ro‘ziqulov "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, unga qadar Bosh vazir o‘rinbosari — "O‘zavtosanoat" boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori lavozimlarida ham ishlagan.

Ulug‘bek Rozuqulov 1969-yilda tug‘ilgan. U Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan. Rozuqulov shuningdek, iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 23-mart kuni "O‘zavtosanoat" kompaniyasining sobiq raisi Shavkat Umurzoqov Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. 16-yanvar kunida esa Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50911 | Инструменты