Umida Tuxtasheva Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o'rinbosari etib tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 noyabrdagi PQ-4873-son qarori bilan Tuxtasheva Umida Abdilovna Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o'rinbosari – Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig'i etib tayinlandi.

U. Tuxtasheva 1978 yilda tug'ilgan, ma'lumoti oliy, 2003 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

Tayinlovga qadar, U. Tuxtasheva Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42819 | Инструменты