Huawei 1
Vikinglar xazinasidan topilgan Xorazmshohlar tangalari surati namoyish qilindi

Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berishicha, Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti Ismoilov Shohruxmirzo Shvetsiya tarix muzeyi tarkibidagi Qirollik tangalar kolleksiyasi “Vikinglar davri va o’rta asrlar tangalari bo’limi” rahbari Florant Audi bilan hamkorlik o’rnatgan.

Bu hamkorlik asnosida o’tgan asrning boshlarida Shvetsiyaning turli hududlarida o’tkazilgan arxeologik qazishmalar chog’ida Vikinglar xazinasi tarkibida aniqlangan jami 9 ta Xorazm tangalarining yuqori tiniqlikdagi rasmlari va ular haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu tangalarning barchasi kumushdan yasalgan bo’lib milodiy 811-959 yillar orasida Xorazmda zarb qilingan va IX-X asrlardagi Xorazmning shmoliy hududlar bilan savdosi natijasida Shimoyliy Yevropa hududlariga borib qolgan. 

Mazkur tangalar asosan so’nggi Afrig’iy hukmdorlar va  Arab xalifalarining Xorazmdagi noiblari tomonidan zarb qilingan tangalardan iborat kolleksiyadir. Ushbu kolleksiya Xorazmning bundan ming yillar oldin Shimoliy hududlar bilan faol savdo munosabatlari olib borganligini isbotlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30509 | Инструменты