2050-yilga kelib butun dunyo bo‘ylab o‘rta yoshlilarning yarmidan ko‘pi ortiqcha vazndan aziyat chekishi mumkin. Bu hozirgi kunda har uch o‘smirning biri ortiqcha vazn bilan yashayotganiga asoslanadi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Ortiqcha vazn muammosi erta o‘lim, turli kasalliklarning erta vujudga kelishiga sabab bo‘lgan holda sog‘liqni saqlash sohasida jiddiy xavflarni tug‘dirishi mumkin.
Lancet nashri taqdim etgan tahlillarga ko‘ra, so‘nggi 30 yilda ko‘plab faktorlar sabab insonlarda ortiqcha vazn muammosi avj oldi. Quyida muammoga asos bo‘luvchi omillar bilan tanishing:
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hozirda 2,11 milliard 25 va undan katta yoshdagilar hamda 493 million 5 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan aholi ortiqcha vaznga ega. Bu 1990-yildagi ko’rsatkichlardan mos ravishda 731 million va 198 millionga ko‘proqdir.
Taxminiy prognozlarga ko‘ra, 2050-yilga kelib 25 yoshdan kattalarning yarmidan ko‘pi (3,8 milliard) va 24 yoshgacha bo‘lgan 746 million kishi ortiqcha vazn yig‘ishi mumkin.
Tadqiqotda bolalar va o‘smirlar orasida semizlik xavotirli darajada o‘sayotgani ta’kidlanib, 2050-yilga kelib semizlik bilan yashovchilar soni 360 millionga yetishi mumkinligi aytilgan.
Ortiqcha vaznning misli ko‘rilmagan global epidemiyasi chuqur fojia va monumental ijtimoiy muvaffaqiyatsizlikdir, deydi Vashington universiteti professori Emmanuela Gakidou.
Tadqiqotda keltirilgan raqamlar davlatlar miqyosida bir-biridan farq qiladi. Ortiqcha vazndan qattiq aziyat chekib kelayotgan insonlarning yarmidan ko‘pi bor-yo‘g‘i sakkizta mamlakatda yashaydi:
Tahlillarga ko’ra, 2050-yilga kelib, har uchinchi bola va o‘smirlardan biri “ortiqcha vazn inqirozi” bilan yashaydigan mintaqalar — Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Karib havzasida bo‘lishi kutilmoqda.
Tadqiqotchilar kelajakda bolalar o‘zlarining ajdodlariga qaraganda tezroq vazn ortishini, ularda diabet, yuqori qon bosimi, yurak xastaliklari va saraton kasalliklari nisbatan erta vujudga kelishini ta’kidlab o‘tdi.
Masalan, yuqori daromadli mamlakatlarda 1960-yillarda tug‘ilgan erkaklarning 7 foizi 25 yoshga yetgunga qadar semizlikka chalingan. Bu ko‘rsatkich 1990-yillarda tug‘ilganlarda 16 foizga, 2015-yilda tug‘ilganlarda esa 25 foizga yetishi taxmin qilinmoqda.
Ortiqcha vazn muammosi mamlakatlar iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. World Obesity Federationning tahliliga ko’ra, bu kam daromadli davlatlar uchun jiddiy xavf.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30502 | Инструменты