Huawei 1
WBO Otabek Xolmatovning vaznidagi chempionning navbatdagi jangini eʼlon qildi

Meksikalik professional bokschi, yarim yengil vazn toifasida WBO kamari sohibi Rafael Espinozaning navbatdagi jangi tafsilotlari maʼlum bo‘ldi.

U sobiq jahon chempioni, kubalik Robeysi Ramiresga qarshi ringga ko‘tariladi. Jamoalarga muzokara o‘tkazish uchun 15 kun muddat berildi. Agar kelishuvga erishilmasa, kimoshdi savdosi eʼlon qilinadi.

Bu jang Espinoza va Ramires o‘rtasidagi ikkinchi qarama-qarshilik bo‘ladi. Ular ilk bor 2023 yilning dekabr oyida uchrashishgandi. O‘shanda Rafael Espinoza hakamlar qarori bilan g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangan edi.

Ushbu vaznda o‘z janglarini o‘tkazayotgan WBA kamari uchun sobiq daʼvogar bokschimiz Otabek Xolmatov WBO reytingiga kiritilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты