Huawei 1
"Wizzair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni taʼminlaydigan bo‘ldi

"Wizzair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslarida o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni taʼminlaydigan bo‘ldi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Rasur Kusherbayevning “Samarqand-Abu-Dabi” yo‘nalishi bilan “Wizzair” aviakompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanganda uchish davrida xavfsizlik qoidalari haqidagi maʼlumotlar xorijiy tilda berilishi yuzasidan qoldirgan murojaatini ko‘rib chiqdi.

Qo‘mita tomonidan Transport vazirligiga o‘rganishlar yuzasidan so‘rov xati yuborildi. Natijada o‘zboshimchalik bilan xatti-harakatlarni amalga oshirgan mazkur aviakompaniya xodimlariga nisbatan chora ko‘rildi.

Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishda yuzaga kelgan kamchilik va xatolarni bartaraf etish maqsadida ekipaj aʼzolariga parvozlar xavfsizligini taʼminlash, muomala madaniyati, har bir mamlakatning parvozga aloqador qonunlari va tartib-taomillari hamda aviayo‘lovchilarni hurmat qilish bo‘yicha trening kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, aviakompaniya 2025-yilda O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatuvchi har bir havo kemasida bort kuzatuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi personallar o‘zbek tilida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yilishi taʼminlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30616 | Инструменты