Huawei 1
Xitoy bilan hamkorlikda temir yo‘l transporti sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi

Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Xitoy partiya kotibi Chen Guang boshchiligidagi Shinjon temir yo‘l va texnika kasb-hunar kolleji delgatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida transport va logistika hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Xususan, tomonlar “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi va ekspluatatsiyasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent davlat transport universiteti Shinjon temir yo‘l va texnika kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda “Buyuk Ipak yo‘li yuqori tezlikdagi temir yo‘l ustaxonasi”ni tashkil etish yuzasidan fikr almashdi.

Ushbu loyihaning maqsadi har ikki muassasaning yuqori sifatli ta’lim va o‘qitish tajribasidan foydalanish va temir yo‘l sohasida ta’lim almashinuvi va iste’dodlarni rivojlantirish uchun kengroq platformani taqdim etgan holda har ikki mamlakatda temir yo‘l sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122216 | Инструменты