Xonanda Dilfuza Ismoilova firibgarlik qurboni bo‘ldi. Unda aytilishicha qo‘shiqchi Dilfuza Ismoilova katta miqdordagi pulga chuv tushgan. Unga yetkazilgan moddiy zarar 80 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Hozirda ushbu ish jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Sudlanuvchidan faqat Dilfuza Ismoilova emas, boshqa fuqarolar ham jabrlangan bo‘lishi mumkin.
Ish tafsilotlariga ko‘ra, sudlanuvchi avvaliga xonandaning “gap”iga qo‘shilgan. So‘ngra o‘zini sitrus mevalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor sifatida ko‘rsatib, uning ishonchiga kirgan. U chetdan kelayotgan sitrus mevalarning har bir yuk mashinasidan 25-30 ming foyda olayotganini aytgan. Bunga ishongan Dilfuza Ismoilova “Men ham biznes boshlamoqchi edim, yaxshi reja ekan, pul tikaman” degan. Ular foydani teng bo‘lishga kelishgan. Shu tariqa xonanda sudlanuvchining tuzog‘iga tushib qolgan.
Sudlanuvchi oldin ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik jinoyati bo‘yicha sudlangan bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40102 | Инструменты